Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
SOLIQ QONUNCHILIGIDAGI YANGILIKLAR
2020-01-27 16:12:18 315
Yangi tahrirdagi Soliq kodeksi: asosiy o’zgarishlar
nimalardan iborat ?
Soliq islohotlarini amalga oshirishda 3 ta masala – soliq yukini kamaytirish, soliqqa tortishni soddalashtirish, soliq ma’muriyatchiligini takomillashtirishni hal etish vazifasi belgilangan edi.
Soliq yukini kamaytirish bo’yicha:
Birinchisi, QQS bo’yicha hosil bo’lgan ortiqcha summani, ya’ni “manfiy” qoldiq summasini to’liqligicha qaytarish, asosiy vositalar hamda ko’chmas mulk ob’ektlari bo’yicha QQS bir yo’la hisobga olinishi belgilanmoqda.
Ikkinchisi, byudjet tashkilotlaridan boshqa barcha tadbirkorlik sub’ektlari uchun yagona ijtimoiy to’lov 12 foiz (oldin 25 foiz edi) miqdorida belgilanmoqda.
Uchinchisi, yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan to’lanadigan soliq summasi o’rtacha 30 foizga kamaytirilmoqda.
Soliqqa tortishni soddalashtirish bo’yicha:
Yangi tahrirdagi Soliq kodeksining loyihasida amaldagi soliqlar soni 13 tadan 9 tagacha kamaytirilmoqda.
Yakka tartibdagi tadbirkorlarga soliqlarni to’lashni tanlash huquqi berilmoqda.
Xususan, ular soliqni qathiy belgilangan miqdorlarda to’lash yohud jismoniy shaxsning jami yillik daromadi to’g’risida deklaratsiya asosida to’lashi mumkin bo’ladi.
Soliq mahmuriyatchiligini takomillashtirish bo’yicha:
Soliq nazorati shakllari 13 tadan 2 taga qisqartirildi.
Tekshirishlarni tayinlash tartibiga o’zgartirish kiritilmoqda, tekshirishlar inson omilisiz faqat “Tahlika-tahlil” dasturi asosida 3 ta segmentga bo’lish asosida amalga oshiriladi.
Davlat soliq xizmati organlari endilikda jarimalarni profilaktik tadbirlar o’tkazgandan keyingina qo’llaydi.
Qo’shilgan qiymat solig’i bo’yicha imtiyozlarning o’zgarishi
Yangi tahrirdagi soliq kodeksida QQS dan ozod etiladigan realizatsiya qilish oborotlar, operatsiyalar ro’yxati sezilarli darajada optimallashtirildi.
Bunda, maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarni tarbiyalash, bemorlar va keksalarni parvarish qilish, pensiya va nafaqalar to’lash, ta’lim sohasi hamda tibbiyot xizmatlari kabi ijtimoiy yo’naltirilgan imtiyozlar saqlanib qolindi.
Shuningdek, Soliq kodeksining 243-moddasiga muvofiq, raqobatga ta’sir ko’rsatuvchi imtiyozlar bekor qilinadi.
Xususan, turistik xizmatlar ko’rsatish, qo’riqlash bo’linmalarining xizmatlari, davlat rezervining tovar-moddiy zaxiralarini yangilash, OAVda yetkazib berish xizmatlari, ko’chmas mulk ob’ektlari, tijorat banklari tomonidan amalga oshiriladigan qurilishlar (Hukumat qaroriga asosan).
Soliq stavkasini kamaytirilishi bilan bir qatorda imtiyozlarni optimallashtirish to’laqonli hisobga olish tizimni yaratishga hamda soliq ma’murchiligini soddalashtirilishiga imkon beradi.
Qishloq xo’jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchi korxonalari tomonidan to’lanadigan soliqlar
Soliq davrida tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan jami daromadi bir milliard so’mdan oshmasa hamda sug’oriladigan qishloq xo’jaligi ekin maydoni ellik gektargacha bo’lsa:
- aylanmadan olinadigan soliq (4%);
-mol-mulk solig’ini (2%);
-yer solig’i (0.95%);
-suv resurslardan foydalanganlik uchun soliq (1 kub metr uchun yer usti 140 so’m, yer osti 170 so’m)
-ijtimoiy soliq (12%);
-jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’ini (12%);
Soliq davrida tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan jami daromadi bir milliard so’mdan oshsa hamda sug’oriladigan qishloq xo’jaligi ekin maydoni ellik gektar va undan ortiq bo’lsa:
- qo’shilgan qiymat solig’i (15%);
-mol-mulk solig’ini (2%);
-yer solig’i (0.95%);
-suv resurslardan foydalanganlik uchun soliq (1 kub metr uchun yer usti 140 so’m, yer osti 170 so’m);
-ijtimoiy soliq (12%);
-jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’ini (12%);
-yer qaridan foydalanganlik uchun soliq;
-aksiz solig’i.