Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 41 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


Sayyor qabulda 5 nafar mahkum jazodan ozod qilindi

×

 2020-01-29 09:44:37    267

PDF yuklash
Chop etish


Jinoyat ishlari bo’yicha Farg’ona viloyat sudi hamda jinoyat ishlari bo’yicha Toshloq tuman sudi tomonidan Toshloq tumani So’filar mahalla fuqarolar yig’inida “Aholi o’rtasida jinoyat va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish choralarini ko’rish” yuzasidan sayyor qabul o’tkazildi.

Aholining turli qatlamlari bilan to’g’ridan-to’g’ri muloqotni kengaytirish, mavjud muammolarni aniqlash, ularni bevosita joyida bartaraf etish yuzasidan aniq va tezkor choralarni ko’rish maqsadida o’tkazilgan uchrashuvda tumandagi 100 dan ortiq jismoniy va yuridik shaxslar ishtirok etdi.

O’tkazilgan sayyor qabulda sodir etgan jinoyati uchun jazo o’tayotgan mahkumlarning o’talmagan jazolaridan ozod qilish masalasi yuzasidan 6 nafar fuqaroning murojaati ko’rib chiqildi.

Shulardan 5 nafar fuqaro: 1994 yilda tug’ilgan Obidjonov Shoxdiyor Xolmatjon o’g’li, 1994 yilda tug’ilgan Hoshimov Abdumajid Abdumutalib o’g’li, 1982 yilda tug’ilgan Madaliyev Abdulaziz G’anijonovich, 1986 yilda tug’ilgan Hakimov Xasanboy Xolmatovich va 1988 yilda tug’ilgan Xolbekov Ishoqjon Usmonovichlarning murojaatlari o’rganib chiqilib, qanoatlantirildi.

  Yuqorida nomi keltirilgan fuqarolar O’zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 73-moddasiga asosan o’talmagan jazolaridan muddatidan oldin shartli ravishda ozod qilindi. 1972 yilda tug’ilgan fuqaro Oshiqov Mo’minjon G’iyosovichning o’talmagan jazosidan muddatidan ilgari ozod qilish yuzasidagi murojaati bo’yicha sudg’yalar tomonidan tegishli tushuntirishlar berilib, uning murojaati nazoratga olindi. 

H.OMONOV,

Jinoyat ishlari bo’yicha Toshloq tuman sudining sudya yordamchisi.