Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
JAMOATCHILIK VAKILLARI BILAN UCHRASHUV
2020-02-03 18:21:47 290
Joylarda sodir etilayotgan jinoyatlar, ma’muriy huquqbuzarliklar, oilaviy nizolar, boshqa fuqarolik huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan nizolar, iqtisodiy ishlar yuzasidan tushuntirish, profilaktika ishlarini amalga oshirish, aholini qiynayotgan muammolarni hal etish va tushuntirish berish yuzasidan Farg’ona viloyat sudlari raislari tomonidan 2020 yil 20 yanvarda tasdiqlangan rejaga asosan Toshloq tumani xalq ta’limi bo’limi binosida jinoyat ishlari bo’yicha Farg’ona viloyat sudi raisi M.Tulanov, fuqarolik ishlari bo’yicha viloyat sudi raisi I.Kasimov, viloyat ma’muriy sudi raisi vazifasini vaqtincha bajaruvchi O’.Po’latov hamda viloyat iqtisodiy sudi raisi vazifasini vaqtincha basharuvchi D.Karimovlar jamoatchilik vakillari bilan ochiq muloqot va sayyor qabul o’tkazdilar.
Uchrashuvda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi. Uchrashuv davomida hudud va mahallalar kesimidagi kriminogen vaziyat tahlil qilindi. Shuningdek sud raislari tomonidan aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jinoyat va huquqbuzarliklarga murosasiz kurashish masalalari bo’yicha tegishli tushuntirishlar berildi. Uchrashuv faqat tayyor ma’ruza matnlari bilan cheklanmadi. E’tiborlisi, uchrashuv ochiq muloqot shaklida o’tkazilib, jamoatchilik bilan chinakam davra suhbatiga aylandi.
Uchrashuv davomida sud raislari tomonidan aholini qiynab kelayotgan muammolar o’rganilib, huquqiy tushuntirish va hal etish choralari ko’rildi.
H.OMONOV,
jinoyat ishlari bo’yicha tuman sudining sudya yordamchisi.