Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 26 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


INSON QADRI AZIZ

×

 2020-02-04 18:39:36    262

PDF yuklash
Chop etish


Tuman hokimi Shuhrat Abdusalomov O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Xalq qabulxonasining tuman bo’limida har seshanba kuni fuqarolarni qabul qilmoqda. Buning natijasida ko’plab fuqarolarning yillar davomida yechimini topmayotgan muammolari bartaraf etilmoqda. Ana shunday qabul kunlarining birida Marg’ilon shahri Xo’ja porso mahallasilik 88 yoshli Po’latjon ota Rahimov ham ishtirok etdi. Avvaliga Po’latjon Rahimovning otasi Rahimzodaning nomini abadiylashtirish maqsadida amaliy yordam so’rab qilgan murojaati barchamizni taajjublantirdi. Tumanimiz hokimiga otasi haqida birinma-ketin bergan ma’lumotlari rahbarimizni ham qiziqtirib qoldi. Va bu vazifani(odatda har bir murojaat tegishli korxona yoki tashkilot rahbariga muddati belgilangan holda muammoni bartaraf etish vazifasi topshiriladi) bajarish menga tushdi. Shunda so’ng Po’latjon ota bilan birga ishladik.    

O’rganishlar natijasida ko’plab ma’lumotlar, suratlar to’pladik. Asli ismi Muhammadamin bo’lgan Po’lat tog’aning otasi 1902 yilda Marg’ilonda tug’ilgan. Yoshligidan adabiyotga, tibbiyot sohasiga qiziqishi boshqacha bo’lgan. Mehnat faoliyatini “Marg’ilon haqiqati” gazetasida muxbir vazifasida ishlash bilan boshlagan. Aynan o’sha paytlarda Rahimzoda tahallusi bilan elga taniladi. Bu orada Buxorodagi madrasada tahsil oladi, respublikadagi mashhur bo’lgan “Qizil O’zbekiston” gazetasida ham ishlaydi. Bu yerda o’sha davrning ko’plab adabiyotshunos olimlari bilan tanishadi. Oila qurib ikki nafar o’g’il farzandli bo’ladi.

Sadriddin Ayniy va G’ofur G’ulom bilan yaqin do’st tutinadi. Ular yordamida Samarqand shahriga ko’chib borib, 1933 yilda Samarqand meditsina institutiga o’qishga kiradi. 1936 yili o’qishni tamomlagach, ona shahri Marg’ilonga qaytib keladi. Shifokorlik kasbini tanlasa-da, ijod qilishdan ham to’xtamaydi. Hamza Hakimzoda Niyoziy bilan doimo do’stona munosabatda bo’lganligi, bordi-keldi qilganligi, shahar hayotiga oid ko’plab maqolalar yozganligi bunga yaqqol misoldir.

U davrlarda bu kasb egalari juda kam, ayniqsa qishloq joylarda umuman shifokorni topib bo’lmas edi. O’z kasbiga sodiq bo’lgan Rahimzoda 1936-1941 yillarda Toshloq tibbiyot birlashmasiga qarashli Qoratepa qishlog’idagi shifoxonada ishlaydi. Qoratepalik fahriylarning ta’kidlashicha, Rahimzoda qo’li yengil shifokor bo’lgan ekan. Uning o’sha qishloqqa ko’chib kelgani mahalliy aholiga yanada qulay bo’ladi. Chunki kunning istalgan vaqtiga davo izlab kelgan har bir bemorni sog’ayib ketishi uchun barcha imkoniyati va vaqtini ayamas edi.

Shavqatsiz kechgan ikkinchi jahon urushi boshlangach, Rahimzoda ham u yerda shifokorlik qilish uchun yo’lga otlanadi. Urushda ham ko’plab ko’rsatgan jasoratlari evaziga bir qator fahriy unvon va ordenlar bilan taqdirlanadi.

Murojaat bo’yicha Po’lat tog’aning uyida mehmon bo’ldik. Rahimzodaning oila a’zolari bilan yaqindan tanishdik. Po’lat tog’a ip-yigiruv ishlab chiqarish kombinatida oddiy ishchidan master katta yordamchisi lavozimiga bo’lgan yo’lni bosib o’tibdi. Turmush o’rtog’i vafot etgach, uch nafar qizi bor ayolga uylanadi. Uning farzandlarini ham o’z farzandiday ko’rganligi bu insonni mehr ulashuvchi, qo’li ochiq va sahovatpeshaligidadir. O’n ikki farzandning otasi, elikka yaqin nabira-yu, o’ttizga yaqin chevaralarning bobosi bo’lgan Po’lat tog’a bugun ularning g’amxo’rligida keksalik gashtini surmoqda.

Mahammadamin Hakimov(Rahimzoda)ning faoliyati bo’yicha to’plangan ma’lumotlar, rasmlar tuman hokimining topshirig’iga asosan tibbiyot birlashmasi tomonidan tashkil etilgan “Fahriy shifokorlar” kitobiga kiritildi. Har yili “Xotira va qadrlash kuni”da o’tkaziladigan turli ma’naviy-ma’rifiy va sport tadbirlarida yodga olishdek amaliy ishlar yo’lga qo’yildi.

O’rganishlarimiz jarayonida “Toshloq tongi” gazetasining 1975 yil aprel oyidagi sonida “Rahimzoda hissasiga navbatda turamiz” sarlavhali maqola chop etilganligiga guvoh bo’ldik. Shu maqolani ham Siz azizlarga ilindik:

-Vrach Rahimzoda Hakimov 1936-1941 yillargacha Oktyabr qishloq Soveti qoshidagi ambulatoriyada vrachlik qilgan, - deydi qoratepalik kolxoz tuzumining veterani Saidjon ota Azimov, - o’sha yillari vrach Rahimzoda xalqqa katta xizmat ko’rsatgan. U Samarqand meditsina institutini bitirib, ilk bor ishlayotgan vrachlardan biri edi.

Ulug’ Vatan urushi boshlangan yilning iyul oyida Rahimzoda Hakimov ko’ngilli bo’lib frontga jo’naydi. U Bryansk ostonalaridagi janglarda ishtirok etib, frontda yarador bo’lgan sovet jangchilari hayotini saqlab qolishda vrachlik kasbini ulug’lagan. Urush qizg’in davom etayotgan jangu-jadal yillarda yozgan xatida quyidagilarni ta’kidlagan:

...O’g’illarim, qarindoshlar, yoru-birodarlar, dushman bilan urushda yigitlarimiz qahramonlik ko’rsatyaptilar, g’alaba biz tomonda. Bunga ishonaveringlar...

Ha, bu gaplarni Rahimzoda Hakimov oxirgi marta yozishga ulugurgan ekan.

Qortepa uchastka shifoxonasi kollektivi hamqishloq nomini abadiylashtirish maqsadida uni o’z kollektivlari safiga qo’shdi va uning hissasiga bir smenadan bepul navbatda turish tashabbusini boshladilar.

Qoratepalik shifokorlar tashabbusini rayon meditsina birlashmasi ma’muriyati, partiya, kasaba sayuz va  komsomol tashkilotlari qo’llab-quvvatladi. Rayon meditsina birlashmasi va uchastka shifoxonalarida bu tashabbus ishlab chiqildi. Rayonda xizmat qilayotgan vrachlar va o’rta meditsina xodimlari Rahimzoda Hakimov hissasi uchun bir smenadan bepul navbatda turib berishga so’z berdilar.

Furqatjon QODIROV,

tuman hokimligi Axborot xizmati rahbari.