Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
TAYINLOV
2020-02-24 19:38:37 238
Tuman hokimligining majlislar zalida “Jamiyatda ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog’lomlashtirish, mahalla institutini yanada qo’llab-quvvatlash hamda oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish chora-tadbirlari to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonining mazmun mohiyati to’g’risida o’tkazilgan faollar yig’ilishida sektor rahbarlari, tuman hokimining o’rinbosarlari, tashkilot rahbarlari, tuman Kengashi deputatlari, mahalla fuqarolar yig’inlari raislari ishtirok etishdi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 18 fevraldagi “Jamiyatda ijtimoiy-mahnaviy muhitni sog’lomlashtirish, mahalla institutini yanada qo’llab-quvvatlash hamda oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Farmoniga asosan Mahalla va oilani qo’llab-quvvatlash vazirligi tashkil etildi.
Ushbu qarorga muvofiq ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi tuman Kengashi raisi lavozimida faoliyat olib borgan Gulmirzayev Rahimjon G’ulomovich endilikda Toshloq tumani hokimining o’rinbosari, mahalla va oila masalalari bo’limi boshlig’i lavozimiga tayinlandi.
Yig’ilishida viloyat hokimining o’rinbosari F.Qosimov ishtirok etdi.
Tuman hokimligi Axborot xizmati.