Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 30 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


MUNOSABAT

×

 2020-03-03 19:32:05    294

PDF yuklash
Chop etish


 “Farg’ona haqiqati” gazetasining joriy yil 19-fevral kungi 14-sonida chop etilgan Xonaqa mahalla fuqarolar yig’ini Xonaqa ko’chasi 190-uyda yashovchi fuqaro Mo’tabarxon Mahmudovaning “Farg’ona haqiqati” haqiqatni yozadimi?” sarlavhali maqolasiga tuman hokimligining MUNOSABATI

Fuqaro M.Mahmudovaning murojaati yuzasidan tuman hokimligi tomonidan tegishli tashkilotlarning mas’ul xodimlari ishtirokida tuzilgan Ishchi guruhi joyiga borib har bir masala yuzasidan o’rganishlar olib bordi.

Xonaqa mahalla fuqarolar yig’inida 530 ta xonadon bo’lib, uch mingdan ortiq aholi istiqomat qiladi. Mahalladagi xonadonlarga ichimlik suvi tarmog’i tortilmagan. Mahalla hududida o’zi oqar 5 ta tik quduq mavjudligi, ichmlik suvi fuqarolar tomonida tashib ichilishi aniqlandi. Hududni ichimlik suvi bilan ta’minlash uchun suv nasosi, suv minorasi hamda besh ming metr suv tarmog’i tortish  ishlari joriy yilda amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Mahalladagi 31-o’rta ta’lim maktabi ichimlik suvi bilan ta’minlangan.

M.Mahmudovaning tez tibbiy yordam shahobchasi faoliyatini yo’lga qo’yish masalasidagi murojaati ham tegishli mutasaddi tashkilotlar tomonidan o’rganildi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 25-yanvardagi “Shoshilinch tibbiy yordam tizimini jadal takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-3494-sonli qarori va Sog’liqni saqlash vazirligining 2018-yil 29-yanvardagi 57-sonli buyrug’iga asosan tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli tez tibbiy yordam bo’limida har o’n uch ming aholiga bittadan avtotransport ajratilgan. Aholiga tez va sifatli tez tibbiy yordam ko’rsatish maqsadida tuman hokimligi va tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli tez tibbiy yordam bo’limi tomonidan chora-tadbirlar belgilandi.

O’rganish davomida navbatdagi masala yuzasidan 31-umumiy o’rta ta’lim maktabidagi sport zaliga kirildi. Maqolada “Xususan, 31-maktabda sport zali yo’q. Jismoniy tarbiya mashg’ulotlari qish oylarida sinfxonalarda bir amallab o’tkazilib kelinadi”, deyilgan. Tuman xalq ta’limi bo’limi tasarrufidagi Xonaqa mahalla fuqarolar yig’ini Xonaqa ko’chasi 68-uyda joylashgan 31-umumiy o’rta ta’lim maktabi 320 o’ringa mo’ljallangan bo’lib, 1987 yilda qurilgan. Hozirgi kunda maktabda 409 nafar o’quvchilar ta’lim olmoqda. Maktabda jismoniy tarbiya fani o’qitilishi hamda o’quvchilarning sport bilan muntazam shug’ullanishiga sharoit yaratish maqsadida maktab faollar zali sport zali sifatida moslashtirilgan. Ushbu ta’lim muassasasiga 12x24 o’lchamdagi yangi sport zal binosini qurish bo’yicha tuman hokimligi hamda tegishli idoralar bilan kelishilgan holda viloyat Xalq ta’limi boshqarmasiga taklif kiritilgan. Hozirgi kunda sprot zal sifatida foydalanilayotgan binoga ichki isitish tizimlarini tortish ishlari 2020-yil byudjet parametrlarida ko’zda tutilgan.

Hududda maktabgacha ta’lim muassasasi mavjud emasligi bo’yicha qilingan murojaaat yuzasidan tuman hokimligi va maktabgacha ta’lim bo’limi tomonidan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, hududdagi foydalanilmayotgan bo’sh yer maydoniga davlat xususiy sherikchilik asosida maktabgacha ta’lim tashkiloti qurish bo’yicha tashabbuskorlar aniqlanmoqda.

Fuqaro M.Mahmudovaning barcha masalalari yuzasidan mutasaddilarga tegishli ko’rsatma va topshiriqlar berildi. Mazkur murojaat yuzasidan kelgusida Toshloq tuman hokimligi “Farg’ona haqiqati” gazetasiga amalga oshirilgan ishlar yuzasidan ma’lumotlarni berib boradi.

Toshloq tumani hokimligi Axborot xizmati.