Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 73 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


Shu kunning gapi: Har qarich yer e’tiborda

×

 2020-05-09 11:25:44    268

PDF yuklash
Chop etish


Ayni kunda tumanimizdagi 31383 ta xonadonlar tasarrufida 3066 gektar yer bo‘lib dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra shu kungacha ana shu yerlarning 2692 gektariga sabzavot, 266 gektariga kartoshka, 96 gektariga dukkakli, 35 gektariga poliz va boshqa turdagi ekinlar ekilgan.

Darhaqiqat turmushimiz farovonligi va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda bugun tomorqaga katta ishonch bildirilmoqda. Zero yerdan samarali foydalangan, yil davomida undan 3-4 marotaba hosil olishni uddasidan chiqadigan tomorqachi borki u avvalo olingan daromad tufayli xonadoni dasturxoni to‘kinligini ta’minlaydi. Ehtiyojdan ortiqcha mahsulot esa bozorga chiqarilib narx-navoning barqaror bo‘lishiga xizmat qiladi. Eng muhimi tomorqadan samarali foydalanish tufayli aholi doimiy ish bilan mashg‘ul bo‘ladi. Yoshlarda mehnatga, yerga bo‘lgan munosabat, uning bitmas-tuganmas xazina ekanligi bo‘yicha tushunchalar shakllanadi.

Tumanimizda aholi tasarrufidagi tomorqalarning biror qarichini bo‘sh qoldirmaslik bo‘yicha sa’y-harakatlar izchil davom ettirilmoqda. Aholi bandligini ta’minlash maqsadida 2 ta kooperativlar tashkil qilinib ularga 24 gektar yer maydoni ajratilishi, 86 nafar kam ta’minlangan, ishsiz fuqarolarning biriktirilishi yo‘lga qo‘yildi. 3 ta “Tomorqa xizmati” MChJlari faoliyati yanada kengaytirilib ularning sa’y-harakatlari bilan barcha mahalla fuqarolar yig‘inlaridagi 1500 ta xonadonlarga urug‘lik va ko‘chatlar yetkazib berish, texnik xizmat ko‘rsatish, yetishtirilgan mahsulotlarni qabul qilib olish bo‘yicha shartnomalar tuzilgan. Joriy yilning o‘zida aholi xonadonlariga issiqxonalar qurib berilishi bo‘yicha 435 million so‘mlik kredit mablag‘lari ajratildi.

Albatta tomorqadan samarali foydalanib dehqonchilikda o‘ziga xos maktab yaratayotgan, qishin-yozin oila dasturxoni va bozorlarga uzluksiz mahsulot yetkazib berishga erishayotgan, yil davomida 3-4 martadan hosil ko‘tarib boshqalarga namuna bo‘layotgan yuzlab tomorqachilarning ilg‘or tajribalari hamisha boshqalarga o‘rnakdir. Shu o‘rinda Axshak mahalla fuqarolar yig‘ini hududida yashovchi Nuriddin Ma’murov xonadonida issiqxonalar tashkil etilib yiliga kami 3 marta hosil olish yo‘lga qo‘yilganligi, yetishtirilayotgan qalampir, pomidor, bolgar, sarimsoqpiyoz va ko‘chatlar bozorga chiqarilayotganligi, bir yillik sof foyda 60 million so‘mdan ortiq bo‘layotganligini qayd etish lozimdir. Xonaqa mahalla fuqarolar hududida yashovchi Orifjon Qurbonov oilasida ham bodring, pomidor, karam, limon, ko‘kat va ko‘chatlar yetishtirish borasida katta tajriba to‘planib yiliga 50-60 million so‘mdan daromad qilinayotganligi hamqishloqlarga hamisha namuna qilib ko‘rsatilayotir.

Oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda fermer xo‘jaliklarida ham katta imkoniyatlar mavjud. Chunki bog‘ va tok qator oralarini bo‘sh qoldirmaslik bugungi kunning dolzarb talabi bo‘lib turibdi. Tumanimiz bo‘yicha 471 gektar ana shunday maydonlardagi qator oralariga sabzavot, kartoshka, dukkakli va poliz ekinlari ekish bo‘yicha vazifalar belgilangan bo‘lib ularning ijrosi doimiy nazoratimizda bo‘layotir.

Afsuski bugungi kunning dolzarb talabini his qilmayotgan, tasarrufidagi tomorqa ekin maydoni yoki bog‘ va tokzorlar qator oralariga ekin ekishni kechiktirayotgan tomorqachi va fermerlarimiz ham uchrab turibdi. Ularga o‘z vaqtida ta’sir choralari ko‘rilib har qarich yerdan omilkorlik bilan foydalanish zarurligi uqtirilmoqda.

I. G‘ofurov,

tuman dehqon, fermer xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari Kengashi raisi.