Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 5 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


XALQ DEPUTATLARI TOSHLOQ TUMANI KENGASHINING 61-SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI

×

 2022-08-11 19:55:47    142

PDF yuklash
Chop etish


Bugungi sessiyada kun tartibiga kiritilgan masalaga dahldor tashkilot va muassasalar rahbarlari ishtirok etdi. Sessiya ishini Toshloq tumani hokimi, xalq deputatlari tuman Kengashi raisi A. Djurabayev ochdi va olib bordi.

Sessiya kun tartibida quyidagi masalalar ko‘rib chiqildi:

    

     Kun tartibidagi dastlabki masala – Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshloq tuman sudining 2022 yil birinchi yarmida odil sudlovni amalga oshirish borasidagi faoliyati to‘g‘risida Jinoyat ishlari bo‘yicha tuman sudi raisi A. Raximovning ma’ruzasi tinglandi.

    

     Kun tartibidagi navbatdagi masala – tuman ichki ishlar organi rahbarining huquqbuzarliklarning oldini olish va ularning profilaktikasi holati to‘g‘risidagi hisoboti; tuman IIB boshlig‘i  F. Bektoshevning  ma’ruzasi tinglandi.

     

     Kun tartibidagi navbatdagi masalalar - Toshloq tumani qishloq xo‘jaligi bo‘limining 2022 yil 21 iyuldagi 103-sonli hamda 104-sonli qonun buzilishi, uning kelib chiqish sabablari va bunga imkoniyat yaratib bergan shart-sharoitlarni bartaraf etish to‘g‘risidagi taqdimnomalar; tuman hokimligi yurist-konsultanti Z. Ergashevning ma’ruzasi tinglandi.

    

      Kun tartibidagi navbatdagi masalalar yuzasidan tumanda  “Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘larini sarflanishi hamda “Ayollar daftari” jamg‘armasi mablag‘alarini sarflanishi to‘g‘risida axborotlar eshitildi.


     Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari tomonidan muhokama, taklif va mulohazalardan so‘ng qaror loyihasi deputatlar tomonidan bir ovozdan qabul qilindi.


Toshloq tumani hokimligi axborot xizmati.