Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 14 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


JAHOLATGA QARSHI MA’RIFAT TARGʻIBOT TADBIRLARI DAVOM ETMOQDA

×

 2022-09-17 18:00:42    158

PDF yuklash
Chop etish


Toshloq tuman hokimligi, Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning tuman bo‘yicha bosh mutaxassisi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘linmasi hamda tuman Xalq ta’limi bo‘limi hamkorligida tumandagi umumiy o‘rta ta’lim maktablarida "Jaholatga qarshi ma’rifat" mavzusida davra suhbatlari o‘tkazilmoqda.
       Dastlabki, davra suhbatlari  7- va 27- umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilari ishtirokida tashkil etildi. Unda so‘z olganlar ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash,  yoshlarni turli yot g‘oyalar ta’siridan saqlash va ularni noqonuniy ravishdagi “xujra”larda diniy ta’lim olishlarini oldini olish, voyaga yetmaganlarni diniy ta’lim olish uchun Misr Arab Respublikasi va Turkiya davlatlariga noqonuniy ravishda chiqib ketishlarini hamda missionerlikni oldini olish bo‘yicha yoshlarga tushunchalar berildi. Yig‘ilishda o‘quvchilarning kiyinish madaniyati, odob-ahloq qoidalariga rioya etishlari va milliy urf-odatlarimizga hurmatda bo‘lishlari haqida aytildi.
      O‘quvchi-yoshlarning kelgusida jamiyat uchun kerakli insonlar bo‘lib yetishishlarida Oliy ta’lim muassasalariga kirib o‘qishlari, buning uchun esa ko‘proq kitob o‘qishga intilish kerakligi haqida fikr-mulohazalarini bildirdilar.