Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 7 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


TOSHLOQLIK YOSHLAR YeTAKCHISI AZIZBEK MUXAMMADOV “YILNING ENG NAMUNALI MAHALLA YeTAKCHISI” TANLOVI GʻOLIBI BO‘LDI.

×

 2022-12-02 08:55:00    142

PDF yuklash
Chop etish


    Farg‘ona viloyati mahallalaridagi yoshlar yetakchilari o‘rtasida “Yilning eng namunali mahalla yetakchisi” tanlovining shahar, tuman bosqichi g‘oliblari o‘rtasida viloyat bosqichi Marg‘ilon shahrida bo‘lib o‘tdi.
   Marg‘ilon Raqamli texnologiyalar markazida o‘tkazilgan tanlov qizg‘in bahslarga boy tarzda o‘tdi. Unda 5 ta shart asosida mahalla yoshlar yetakchilari bellashdilar. Shartlarga ko‘ra, tanishtiruv, AKTdan foydalanib hujjat yaratish, salohiyat bo‘yicha taqdimotlar, intellektual salohiyat namoyishi o‘tazildi.
     Barcha shartlarni yuqori baholarga bajargan hamda tanlovda faol ishtirok etgan Tog‘liq MFY Yoshlar yetakchisi Azizbek Muxammadov g‘olib deb topildi. Tanlovning viloyat bosqichida g‘olib bo‘lgan A.Muxammadovni tabriklash hamda taqdirlash maqsadida tuman hokimi Abduqaxxor Djurabayev, hokim o‘rinbosari Elmurodxon Madaminovlar uchrashdi. Yoshlar yetakchisiga kelgusida mahallada yoshlar bilan faol ishlashda, yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va ularning ijtimoiy faolligini yanada oshirishdagi ishlariga muvofaqqiyatlar tiladilar.