Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 63 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


YOSHLARGA SUBSIDIYA ASOSIDA ASBOB-USKUNALAR HAMDA MEHNAT QUROLLARI TOPSHIRILDI

×

 2022-12-24 15:55:12    136

PDF yuklash
Chop etish


Yoshlarning tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va bandligiga ko‘maklashish, ijtimoiy himoya qilish hamda bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning har tomonlama qo‘llab-quvvatlash maqsadida tuman hokimligi hamda O‘zbekiston Yoshlar ishlari agentligi tuman bo‘limi tashabbusi bilan "Yoshlar daftari” ro‘yhatida turuvchi 23 nafar yoshlarga OTM to‘lov-kontraklarini ma’lum qismi qoplab berildi. 22 nafar yoshlarga asbob-uskunalar va mehnat qurollari topshirildi. 12 nafar yoshlarning Safarbarlik chaqiruv rezervi xizmat badali to‘lab berildi. 4 nafar bemor yoshlarning davolanishlari uchun hamda 3 nafar yoshlarga bir martalik moddiy yordam mablag‘lari ajratildi. 
      Shuningdek, tuman hokimi o‘rinbosari E.Madaminov hamda Yoshlar ishlari agentligi tuman bo‘limi rahbari D.Yuldashevlar Qumariq MFYda istiqomat qilayotgan ikkinchi guruh nogironi N.Umarova xonadonida bo‘lib, unga subsidiya asosida noutbuk topshirdilar.