Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 9 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


XOTIN-QIZLAR FAOLLARI UCHUN O‘QUV SEMINAR BO‘LIB O‘TDI

×

 2023-03-25 15:31:19    174

PDF yuklash
Chop etish


Bugun Toshloq tumanidagi Axborot kutubxona markazida mahalla fuqarolar yig‘inlarida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar faollarining huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida, "O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi to‘g‘risida"gi konstitusiyaviy qonun mazmun-mohiyati va ahamiyati yuzasidan o‘quv seminar tashkil etildi.
Dastlab, seminarda tuman adliya bo‘limi boshlig‘i Ya. Zulpixorov so‘zga chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasiga kiritilayotgan o‘zgartish va qo‘shimchalar haqida yig‘ilganlarga batafsil ma’lumot berdi.
Seminarda ta’kidlandiki, Konstitusiyaviy qonun loyihasi bo‘yicha umumxalq muhokamalarida jami 222 ming 715 ta takliflar kelib tushgan va ularning 25 foizi loyihaga kiritilgan. Loyihani tayyorlashda 400 dan ortiq xalqaro hujjatlar, 190 ga yaqin davlat tajribasi o‘rganilgan. Konstitusiya moddalari 128 tadan 155 taga ko‘payib, normalar 275 tadan 434 taga oshgan. Ularning barchasi inson sha’ni, qadr-qimmatini oshirishga xizmat qiladi.
Seminar yakunida ishtirokchilarning qiziqtirgan savollariga batafsil javob berildi.