Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 3 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


“POLVONLARI KO‘P YURT – QUDRATLI BO‘LUR!”

×

 2023-03-30 18:17:37    187

PDF yuklash
Chop etish


Yoshlar va uyushmagan yoshlarni bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, jinoyatchilikni oldini olish, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, yoshlarni jismonan sog‘lom va har tomonlama barkamol qilib voyaga yetkazish maqsadida “Milliy kurash" musobaqasi mahallalarda yoshlar faolligida bo‘lib o‘tmoqda.   
Bugun Toshloq tumanidagi “Xonariq” MFYda “Polvonlari ko‘p yurt – qudratli bo‘lur!” shior ostida sportning kurash turi bo‘yicha tuman prokurori sovrini uchun mahallalar bosqichiga start berildi.
Musobaqa ochilishida tuman hokimi Abduqahhor Djurabayev hamda tuman prokurori Shuxratjon Musayevlar sportchi yoshlarga “Bosh prokuror kubogi”ning mahalla bosqichidagi musobaqalariga omadlar tiladi.
Tuman prokurori tashabbusi bilan musobaqa g‘oliblari jami 30 million so‘mlik qimmatbaho sovg‘a buyumlar hamda 30 million so‘m miqdoridagi pul mukofotlari bilan taqdirlanishi e’lon qilindi.
Mahallalar kesimida o‘tkazilayotgan musobaqalarda 14 yoshdan 30 yoshgacha toifasidagi yigit-qizlar “Bosh prokuror kubogi” uchun bellashdilar.