Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 15 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


“Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish – oliy burchimiz!"

×

 2023-05-04 16:46:17    267

PDF yuklash
Chop etish


Ichki ishlar organlarida "Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish – oliy burchimiz!" shiori ostida bo‘lib o‘tayotgan "Ma’naviyat oyligi" doirasida Toshloq tumanida IIB faxriylari va yoshlar ishtirokida “Uch avlod uchrashuvi” tashkil etildi.
Unda Farg‘ona viloyati IIB faxriylar kengashi raisi iste’fodagi podpolkovnik Arabboy Usmonov, tuman IIB boshlig‘ining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari mayor Mo‘ydinjon Dehqonov hamda tuman IIB faxriylar kengashi raisi iste’fodagi kapitan Xalimjon Raxmonovlar ishtirok etdilar.
Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2023 yilning 11 aprel kungi 100-sonli  farmoyishiga asosan Ichki ishlar organlarida "Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish – oliy burchimiz!" shiori ostida joriy yilning 1 may kunidan 1 iyun kuniga qadar "Ma’naviyat oyligi"ni o‘tkazish belgilinganligi ta’kidlab o‘tildi. 
Shuningdek, uchrashuvda faxriylar so‘zga chiqib, yosh xodimlarni Vatanga, yurtga muhabbat, kasbga sadoqat ruhida tarbiyalash, ijtimoiy-huquqiy himoya qilish, kasbiy jangovarligini oshirish, xizmat intizomi buzilishini oldini olish, korrupsiya holatlariga murosasiz bo‘lish hususida fikr mulohazalar bildirdilar.