Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 3 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


“OBOD QISHLOQ” VA “OBOD MAHALLA” DASTURLARI UCHUN 4 TRILLION SO‘M YO‘NALTIRILADI

×

 2023-05-05 18:06:02    261

PDF yuklash
Chop etish


Prezident Shavkat Mirziyoyev “2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi.
Farmon bilan tasdiqlangan Davlat dasturiga ko‘ra, tashabbusli byudjet amaliyotini va mahallalarning moliyaviy mustaqilligini kengaytirish maqsadida 2023 yilda jamoatchilik fikri asosida shakllantiriladigan loyihalarni moliyalashtirish uchun Davlat byudjetidan 8 trillion so‘m, shundan “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari uchun 4 trillion so‘m yo‘naltiriladi.
Endilikda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 3 may 2023 yildagi 183-sonli «Obod qishloq» va «Obod mahalla» dasturlarini jamoatchilik fikri asosida tashabbusli byudjetlashtirish jarayonlari orqali amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga binoan mazkur dasturlar fuqarolarning ovoz berish yo‘li bilan aniqlanadi. Ya’ni “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari doirasida moliyalashtiriladigan tadbirlar 2023 yildan boshlab jamoatchilik fikri asosida “Ochiq byudjet” axborot portali orkali ovoz berish yuli bilan aniqlanishi qarorda ko‘rsatib o‘tilgan.
Bugun tuman hokimligi majlislar zalida bo‘lib o‘tgan tadbirda ayni ushbu qaror mazmun-mohiyati ishtirokchilarga tushuntirildi. Tuman hokimi birinchi o‘rinbosari Kamoliddin Umarov hamda hokim o‘rinbosari Avazbek Dehqonovlar mahalla raislari, moliya bo‘limi vakillariga mazkur qaror mazmun va mohiyatini keng tushuntirdilar.