Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 15 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


TOSHLOQDA QOVUN EKSPORTI BOSHLANDI

×

 2023-05-11 18:56:25    249

PDF yuklash
Chop etish


Bu yil ham Besarangliklar erta pishar qovun navini ekib, hosil yig‘ib olishni boshladi. “Besarang” MFY aholisi azaldan qovunchilik bilan shug‘ullanib keladi. Dehqonchilik mahalla “drayver”i sifatida belgilangan bo‘lib, mirishkor tomorqachilar yiliga uch-to‘rt marotabagacha hosil olishadi.
Shuningdek, turli sabzavot va rezavorlar ko‘chatlari yetishtirib sotish mahalla ahlining qo‘shimcha daromad manbai hisoblanadi.
Bugun ushbu mahallada yashovchi Abdulhamid Bakirov xonadonida ilk qovun mahsuloti uzildi. Xonadonida majvud 10 sotih yerga fevral oyining boshlarida 1200 dona “Dakora – F1” navli qovun urug‘ini ekkan edi. Ushbu oilaning mehnatsevarligi, qovun yetishtirishga bo‘lgan mehri tufayli bugunga kelib, ekkan urug‘lari tilni yorar qovunga aylandi. O‘tgan yili besh million so‘m sarf etib, 35 million so‘m daromad olgan edi, bu yil esa 7 million sarflab, 7-8 tonna hosil olib, nasib qilsa, 80 million daromad olish niyatidalar. 
Bundan tashqari, birgina qovun bilan cheklanib qolmay, oralatib bodom ko‘chati ham ekilgan. Qovun yig‘ishitirib olinganidan so‘ng karam ekiladi, qarabsizki, bir mavsumda uch marotaba hosil bor. 
Mahalla raisi Dilmurod Qosimovning qayd etishicha, ayni paytda mingdan ortiq oilaning aksariyati o‘z tomorqasida qovun ekadi. Hozirda ushbu qishloqda jami 35 gektar qovun ekilgan. Innovasion yondashuv tufayli aholi tomorqalarida issiqxonalar tashkil etilib, intensiv usulda qovun yetishtirish yaxshi daromad manbaiga aylandi.
Besarang qovuni nafaqat Farg‘ona vodiysida, balki qo‘shni respublikalarda ham mashhur. Shu bois ekologik toza mahsulot MDH davlatlariga eksport qilib kelinmoqda.