Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 16 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


15 may – "Xalqaro oila kuni“

×

 2023-05-13 15:53:23    321

PDF yuklash
Chop etish


Toshloq tumani Oila va xotin-qizlar bo‘limi tashabbusi bilan 15 may –"Xalqaro oila kuni“ munosabati bilan “Vatan oiladan boshlanadi” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
Tumandagi  "Nayman" madaniyat uyida bo‘lib o‘tgan  tadbirda tuman hokimi Abduqahhor Djurabayev, tuman bosh- imom xatib Sh.Egamberdiyev, tuman adliya bo‘limi boshlig‘i Ya.Zulpixorov, oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i U.Marasulovalar hamda tuman oqila ayollar harakati a’zolari qatnashdilar. 
Tadbirda so‘zga chiqqanlar   mamlakatimizda umuminsoniy, milliy va oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash, ibratli oilalarni ijtimoiy faolligini yanada oshirish, ota-onalarning farzand tarbiyasidagi mas’uliyatini mustahkamlash, yoshlarni oilaviy  nikohga tayyorlash borasida gapirib o‘tdilar. 
Tadbir so‘ngida 5 ta ajrim yoqasida turgan oilalar bildirilgan fikr mulohazalardan o‘ziga to‘g‘ri xulosa qilganligini va ajrim qarorini bekor qilib farzandlari kelajagi uchun birga yashashga ahd qilganliklarni bildirdilar.