Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 4 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


Toshloqda "Yangi O‘zbekistonning ma’rifatli yoshlari" shiorida tadbir o‘tkazildi

×

 2023-05-18 11:42:44    267

PDF yuklash
Chop etish


 Toshloq tuman hokimligi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘linmasi hamda tuman Yoshlar ishlari agentligi bo‘limi hamkorlikda uyushmagan yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularni bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish hamda ezgu maqsadlar yo‘lida birlashtirish maqsadida "Besarang" mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan 32-umumiy o‘rta ta’lim maktabida "Yangi O‘zbekistonning ma’rifatli yoshlar" shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbirda mehmonlar o‘zgacha tarzda bayramona kutib olindi. Viloyat hokimining o‘rinbosari Fayzulla Qosimov hamda tuman hokimi Abduqahhor Djurabayevlar so‘zga chiqib, yoshlarga berilayotgan keng imkoniyatlar, ularni bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishlari uchun tashkil etilayotgan sport musobaqalari Yangi O‘zbekistonning ma’rifatli yoshlari ezgu maqsadlar yo‘lida birlashtirish uchun xizmat qilayotganligini aytib o‘tdilar.
Shuningdek, tadbir munosabati bilan uyushmagan yoshlar ishtirokida  "Zakovat" intelektual o‘yini, stol tennisi, belbog‘li kurash, mini futbol, stritbol kabi sport o‘yinlari o‘tkazildi.
Ma’naviy-ma’rifiy tadbir bayram konserti dasturi va qiziqarli chiqishlar bilan davom etdi.
Tadbir so‘ngida g‘oliblarga  Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Farg‘ona viloyat bo‘limi rahbari M.Sulaymonov hamda tuman hokimining o‘rinbosari E.Madaminovlar tomonidan  tashakkurnoma va esdalik sovg‘alar topshirildi.