Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 21 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


XOTIN-QIZLAR FAOLLIGINI OSHIRISH YO’LIDA

×

 2019-11-04 17:53:40    195

PDF yuklash
Chop etish


Tuman hokimligining majlislar zalida xotin-qizlar o’rtasida ma’naviy-ma’rifiy faoliyatni tartibga solish, ularni buzg’unchi va yot g’oyalar ta’siridan asrash, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, erishilayotgan yutuqlar bilan tanishtirib borish, milliy va diniy qadriyatlarimiz, o’zaro mehr-oqibat va hamjihatlikni asrab-avaylash, shuningdek ma’rifiy tadbirlar samaradorligini oshirish maqsadida seminar bo’lib o’tdi.

Seminar kun tartibida xotin-qizlarni qo’llab-quvvatlash va oila institutini mustaxkamlash sohasidagi faoliyatda amalga oshirilgan ishlar, yoshlarni internet va ijtimoiy tarmoqlardagi axborot xurujlaridan asrash, ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashda yoshlarda mafkuraviy immunitetni shakllantirish kabi dolzarb masalalar muhokama etildi.

Kun tartibidagi birincha masala yuzasidan “Oila” IAM viloyat bo’limi rahbari K.Kavlonova so’zga chiqib mamlakatimizda xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy va sotsial faolligini oshirish, ularning turli soha va tarmoqlarda o’z qobiliyati va imkoniyatlarini ro’yobga chiqarishi uchun shart-sharoitlar yaratish, huquq va qonuniy manfaatlariga so’zsiz rioya qilishini ta’minlash, onalik va bolalikni har tomonlama qo’llab-quvvatlash, shuningdek oila institutini mustahkamlash borasida keng ko’lamli ishlar amalga oshirilayotganligini ta’kidlab o’tdi. Shuningdek kun tartibidagi masala yuzasidan tuman targ’ibot guruhi rahbari M.Jo’rayeva so’zga chiqib til azaldan bashariyat uchun o’zaro muloqot vositasi bo’lib jamiyatda insonlarni bir-birlarini tushunishlari, do’stona aloqa hamda munosabatlari uchun xizmat qilganligi, hozirgi kunda hayotimizda farzandlarimizni turli xil so’zlashish, salomlashish hamda kiyinishda o’zga millat vakillariga taqlid qilishlari urf-odatga aylanayotganligi, farzand har bir ota-ona uchun bebaho gavhar ekanligi, uning odobi, tarbiyasi, xulqi go’zal bo’lib, hayotda o’z o’rnini topishi esa ota-ona uchun barcha narsadan muhimroq ekanligiga alohida e’tibor qaratdi.

Kun tartibidagi masalalar yuzasidan viloyati otinoyisi X.Kamolova, tuman xotin-qizlar qo’mitasi raisi vazifasini vaqtincha bajaruvchi M.Abdullayeva hamda imom-xatiblar o’z fikr va mulohazalarini bildirib o’tdilar.

Toshloq tuman hokimligi axborot xizmati.