Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 10 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


XALQ DEPUTATLARI TOSHLOQ TUMAN KENGASHINING 59-SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI.

×

 2022-06-30 11:22:46    164

PDF yuklash
Chop etish


Unda xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari, sektor rahbarlari, tuman hokimining o‘rinbosarlari, tashkilot rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi. 

      Sessiyani Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi A.Djurabayev olib bordi. 

Kun tartibida quyidagi masalalar ko‘rib chiqildi:

1. Toshloq tuman hokimi 1-sektor rahbari A.Djurabayevning 1-sektor hududida 2022 yilning 1-, 2-choragi davomida  amalga oshirilgan ishlari yuzasidan hisoboti.

2. Toshloq tumani prokurori, 2-sektor rahbari A.Xudoyberganovnining 2-sektor hududida 2022 yilning 1-choragi davomida amalga oshirgan ishlari yuzasidan hisoboti.

3. Toshloq tumani Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i, 3-sektor rahbari F.Bektoshevning 3-sektor hududida 2022 yilning 1-choragi davomida amalga oshirgan ishlari yuzasidan hisoboti.

4. Toshloq tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i, 4-sektor rahbari D.Tashmatovning 4 - sektor hududida 2022 yilning 1-choragi davomida amalga oshirgan ishlari yuzasidan hisoboti.

5. Toshloq tumanida “Obod mahalla” dasturiga kiritilgan hududlar hamda yo‘llarni ta’mirlash uchun qoldirilgan zaxira mablag‘lari hisobidan mintaqaviy yo‘llar (ichki ko‘chalar) manzilli ro‘yxati bo‘yicha tumanda amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida.

6. Ekologiya va atorof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasining Toshloq tuman bo‘limi tomonidan  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 30 oktyabrdagi “2020-2030 yilgacha bo‘lgan davrda O‘zbekiston Respublikasining atrof-muhitni muhofaza qilish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5863-sonli farmoniga asosan tumanda  olib borilayotgan ishlar  to‘g‘risida.

7. Tuman xududidagi mahalla fuqarolar yig‘inilarida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 30 oktyabrdagi PF-5863-sonli farmoniga asosan obodonlashtirish, atrof-muhitni muhofaza qilish,  hududlarning sanitariya xolatlarini  ahvoli  to‘g‘risida deputatlik guruhining axboroti to‘g‘risida.

8. Toshloq tuman byudjetining qo‘shimcha manbalarini aniqlash va ulardan foydalanishni tartibga solish to‘g‘risida.

       Yuqoridagi masalalar yuzasidan soha rahbarlarini hisoboti va axborotlari tinglandi.  Sessiya yakunida kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli qaror qabul qilindi.