Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 8 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


1-oktyabr - "O‘qituvchi va murabbiylar kuni" ta’lim muassasalarida ham keng nishonlanmoqda

×

 2022-09-30 21:09:31    167

PDF yuklash
Chop etish


Sana munosabati bilan umumiy o‘rta ta’lim maktablarida hamda maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bayram tadbirlari bo‘lib o‘tmoqda. Unda fidoiy o‘qituvchi va murabbiylarga hurmat ehtiromlar ko‘rsatilmoqda. 
       Ana shunday bayram tadbiri Yuqoriqishloq mahalla fuqarolar yig‘ini hududida qad rostlagan “Yosh yetakchilar” maktabgacha ta’lim muassasasida ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi.  
      Tadbirda so‘zga chiqqanlar mamlakatimizda yosh avlodni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlar hamda yoshlarga ta’lim-tarbiya berishda mehnat qilayotgan o‘qituvchi murabbiylarga yaratilayotgan sharoitlar haqida  ta’kidlab o‘tdilar.               Tadbirkor Furqatjon Ahmedov sa’y-harakati bilan qurilgan ushbu maskanda xodimlar uchun ham bolajonlar uchun ham barcha sharoitlar yaratib berilgan. Shu mahallada unib o‘sayotgan bolajonlarga “Yosh yetakchilar” maktabgacha ta’lim muassasasi sifatli xizmat ko‘rsatmoqda.             Bayram munosabati bilan muassasaga tashrif buyurgan Viloyat hokimligining devonxona mudiri M.Axunjanova, tuman mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash bo‘limi boshlig‘i maslahatchisi O‘.Karimov hamda tuman oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i U.Marasulovalar o‘zlarining samimiy tilaklarini bildirdilar.