Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 3 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


XALQ FAROVONLIGI YO‘LIDAGI SAMARALI ISLOHOTLAR

×

 2022-11-07 17:08:39    133

PDF yuklash
Chop etish


      “2022–2023 yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–408-son, 25.10.2022 y.) qabul qilindi.    Hujjat bilan 2022-2023 yillarda mahallalar infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha loyihalar dasturlari doirasida amalga oshiriladigan tadbirlarning yig‘ma parametrlari tasdiqlandi. Unga ko‘ra respublikaning 5284 ta mahallasida ichki yo‘llar, ichimlik suv ta’minoti, oqava suv ta’minoti, elektr va gaz ta’minoti, ta’lim muassasalari, madaniyat, sport va boshqa ob’yektlarni rivojlantirish belgilanmoqda. 
     Toshloq tumanida ham joriy yilning o‘zida dastur asosida 22 ta MFYlarning 138.2 km yo‘l qismini asfaltlash, 17 ta MFYlarda ichimlik suv ta’minotini yaxshilash hamda qishloqlarda elektr energiya tarmoqlarini yangilash ishlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
       Mahallalarda amalga oshirilayotgan loyihalarni aholiga yaqindan tanishtirish maqsadida bugun tuman hokimi, 1-sektor rahbari Abduqaxxor Djurabayev sektor hududidagi Xo‘jaariq, Guzarboshi, Ucholish, Nayman, Chek hamda Mehnatobod MFYlarda bo‘lib uchrashuv o‘tkazdi. Aholi bilan o‘tkazilgan suhbatda tuman hokimi Prezidentimiz qaroriga ko‘ra yil yakuniga qadar bajariladigan qurilish-ta’mirlash ishlari to‘g‘risida ma’lumotlar berib o‘tdi.
      O‘z navbatida fuqarolar hududlarda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamdagi bunyodkorlik ishlari hamda yaratilayotgan sharoitlardan mamnun ekanliklarini bildirdilar.