Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 12 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


“TASHABBUSLI BYUDJET”: TUMANDAGI 3-UMUMTA’LIM MAKTABIDA JORIY TA’MIRLASH ISHLARI OLIB BORILMOQDA.

×

 2022-12-14 19:26:30    135

PDF yuklash
Chop etish


Ayni kunlarda Toshloq tumanida “Tashabbusli byudjet” loyihasida g‘olib deb topilgan takliflarga mablag‘lar ajratilib, keng qamrovli bunyodkorlik ishlari olib borilmoqda.
    Tumandagi 3-umumta’lim maktabini joriy ta’minlash uchun 3600 ta ovoz to‘plangan edi. Loyihaga ko‘ra, 500 mln so‘m mablag‘ ajratilib, qurilish-ta’minlash ishlari bajarilmoqda.   
    “Tashabbusli byudjet” loyihasida ovoz berish jarayonlarida faol ishtirok etib, g‘olib bo‘ldik,-deydi maktab direktori A’zamjon Qoraboyev. – Bugungi kunda maktabimizda qurilish ishlari avjida. Quruvchilar tomonidan tez va sifatli ta’mirlash ishlari bajarilmoqda. Maktabdagi barcha eshiklar yangi eshiklarga almashtirildi. Sinfxonalar talab darajasida sifatli qilib ta’mirlanmoqda. Maktab o‘quvchilarini bilim olishlari uchun barcha sharoitlar yaratilmoqda. Biz bundan juda ham mamnunmiz.