Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 18 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


TOSHLOQDA "PREZIDENT ARCHASI" BAYRAM TADBIRLARI BO‘LIB O‘TMOQDA

×

 2022-12-29 18:21:34    145

PDF yuklash
Chop etish


Har yili Yangi yil arafasida “Prezident archasi” shodiyonalari bolajonlar uchun beg‘ubor orzu-umidlar bayramiga aylangan. 
      Bugun Toshloq tumani markazida tashkil etilgan “Prezident archasi”da o‘tkazilgan bayram tadbiri ham  bolajonlarga olam-olam zavq ulashdi.
     Bayram tadbirida tuman hokimi Abduqahhor Djurabayev hamda sektor rahbarlari qatnashib, barchani Yangi yil bilan samimiy muborakbod etdilar. Tuman hokimi ortda qolayotgan yilimiz tumanimiz uchun ulkan yutuqlar, muvaffaqiyatlar, shuningdek, o‘zgarishlar, xayrli voqealar yili sifatida tarix sahifalarida muhrlanayotganligini ta’kidlab o‘tdi. 
      Tuman madaniyat bo‘limi xodimlari tomonidan namoyish etilgan konsert dasturi barchaga yangi yil quvonchini ulashdi. Shundan so‘ng, yangi yil tadbirida bolalarga bayram sovg‘alari topshirildi.