Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 2 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


“KONIZAR” MAHALLASIDAGI 5 TA KO‘CHADA ASFALT QILINMOQDA

×

 2023-03-09 16:29:49    224

PDF yuklash
Chop etish


Avval xabar berganimizdek, Prezidentimizning "2022-2023 yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi 408-sonli Qarori doirasida Toshloq tumanidagi mahallalarida bunyodkorlik ishlari jadal sur’atlarda olib borilmoqda. 
Aholini ko‘p yillardan buyon qiynab kelayotgan muammolar ichimlik suvi, elektr ta’minotini yaxshilash hamda yo‘llarni ta’mirlash masalalari bugun o‘z yechimini topmoqda. Ayni kunlarda tumandagi mahallalarda 408-qarorga ko‘ra, ichimlik suvi tarmoqlarini tortish hamda ichki yo‘llarni asfaltlash ishlari bajarilmoqda. Aholiga qulaylik yaratish maqsadida, tuman yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi yo‘lsozlari tomonidan “Konizar” MFYdagi 5 ta ko‘chaning 6,2 km.lik ichki yo‘llarida asfaltlash ishlari olib borilmoqda.
Ushbu ko‘chalarni ta’mirlash uchun qaror asosida Davlat byujetidan 1 milliard 176 million so‘m mablag‘ ajratilgan.