Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 12 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


URUSH QATNASHCHISI HOLIDAN XABAR OLINDI

×

 2023-05-04 18:00:14    228

PDF yuklash
Chop etish


Ajdodlarni xotiralash va keksalarni e’zozlash milliyligimizga xos bo‘lgan ulug‘ qadriyatlardan biridir. Keksa avlodga g‘amxo‘rlik ko‘rsatish, nuroniylar holidan xabar olish va ularni qo‘llab-quvvatlash Toshloq tumanida davom etmoqda. 
Bugun Toshloq tumani hokimi Abduqahhor Djurabayev hamda tuman prokurori Shuxratjon Musayevlar Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, “Shodlik” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi Odiljon ota Zokirov xonadoniga tashrif buyurib, holidan xabar oldilar. Odiljon ota Zokirovga esdalik sovg‘alar hamda nogironlik aravachasini topshirdilar.
Urush qatnashchisi Odiljon ota suronli urushda bo‘lgan voqealarni ko‘zida yosh bilan xotiralar ekan, yurtimizda tinchlik va osudalik hukm surayotganligi uchun shukronalar keltirdi.