Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 20 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


Xotira va qadrlash kuni

×

 2023-05-08 15:29:42    246

PDF yuklash
Chop etish


Yurtimiz o‘g‘lonlarining urush yillarida ko‘rsatgan mardlik va qahramonligi biz uchun ulkan jasorat maktabi, g‘urur-iftixor manbaidir. Ma’lumki 9 may - g‘alaba bayrami yurtimizda "Xotira va qadrlash kuni" sifatida keng nishonlanadi.
Ikkinchi jahon urushida halok bo‘lgan ajdodlarimizning xotirasiga hurmat keltirilib, fashizmga qarshi janglarda jonbozlik ko‘rsatgan mard, jasur faxriylarimizga e’tibor, ehtirom ko‘rsatish an’anaga aylanib qolgan. 
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Toshloq tuman bo‘linmasi xodimlari tumanimizdagi Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari Odiljon ota Zokirov hamda Fayzullo ota Eminovlar xonadonlarida bo‘lib, urush va mehnat faxriylarini yaqinlashib kelayotgan "Xotira va qadrlash kuni" munosabati bilan tabriklab, ko‘ksiga g‘urur va iftixor bilan davlat bayrog‘i aks etgan lentalar taqildi.
Davlatimiz bayrog‘i aks etgan lentalarni taqish tuman bo‘ylab davom etmoqda.