Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 4 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


MENING OVOZIM – VATANIM KELAJAGI

×

 2019-11-20 17:17:44    210

PDF yuklash
Chop etish


Saylov – 2019

MENING OVOZIM – VATANIM KELAJAGI

Toshloq tuman hokimligining majlislar zalida O’zbekiston yoshlar ittifoqi tuman Kengashi tashabbusi bilan “Mening ovozim – Vatanim kelajagi” shiori ostida yoshlar forumi bo’lib o’tdi. Forumda tumanimizdagi siyosiy partiyalar rahbarlari va vakillari, saylovlarda ilk bor ishtirok etayotgan yoshlar qatnashdilar. 

Tadbir avvalida har bir siyosiy partiya rahbarlarning saylovoldi dasturlari yoshlarga tushuntirib o’tildi. Shundan so’ng yoshlarni qiziqtirgan saylov jarayonlari, qonunchiligi borasidagi berilgan savollarga partiya rahbarlari tomonidan javoblar qaytarildi.

Tadbir so’ngida partiya rahbarlari va forumda faol ishtirok etgan yoshlarga O’zbekiston yoshlar ittifoqi tuman Kengashining tashakkurnomalari hamda esdalik sovg’alari topshirildi.

Tuman hokimligi Axborot xizmati.