Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 9 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


Tumanimizda “Yangi O‘zbekiston – inson qadri ulug‘langan yurt” shiori ostida gala-konsert dasturi bo‘lib o‘tdi.

×

 2022-06-01 14:44:49    149

PDF yuklash
Chop etish


“Ma’naviyat festivali” doirasida tumanimizga Toshkent shahridan ilm-fan, madaniyat, san’at, adabiyot va badiiy ijod vakillaridan iborat guruh tashrif buyurdi. Mehmonlar ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar doirasida aholi vakillari bilan uchrashib, yangi O‘zbekistonni bunyod etish yo‘lida amalga oshirilayotgan islohotlar hamda erishilayotgan yutuqlar haqida suhbatlar qildilar.

    Kuni-kecha ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar dasturi doirasida tumanimizda elimiz ardog‘idagi taniqli san’atkorlar ishtirokida katta gala-konsert dasturi bo‘lib o‘tdi. Poytaxtdan tashrif buyurgan hamda viloyatimiz san’atkorlari, el ardog‘idagi shoir, yozuvchilar, ma’naviyat targ‘ibotchilari va so‘z ustalari o‘zlarining chiqishlari bilan barchaga hush kayfiyat, qalblarga bir olam shodlik ulashdi.