Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 64 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


TOSHLOQ TUMANIDA 30 IYUN - "YOSHLAR KUNI" MUNOSABATI BILAN «YANGI O‘ZBEKISTON YOSHLARI, BIRLASHAYLIK!» SHIORI OSTIDA YOSHLAR FORUMI GALA-KONSERTI BO‘LIB O‘TDI.

×

 2022-06-26 09:54:51    159

PDF yuklash
Chop etish


Tumandagi Amir Temir o‘yingohiga faol, izlanuvchan, bilimdon hamda har tomonlama namunaviy ko‘p sonli yoshlar tashrif buyurdilar. 

        Dastlab, bayram tadbirini tuman hokimi A.Djurabayev tabrik so‘zi bilan ochib, barcha yoshlarni 30 iyun –“Yoshlar kuni” bayrami bilan samimiy muborakbod etdi.

        Yangi O‘zbekistonda yoshlar siyosatini zamon talabidan kelib chiqib takomillashtirishda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning tashabbuslarini alohida ta’kidlash lozim. Davlatimiz rahbarining yoshlar kamolotiga qarayotgan doimiy e’tibori, ayniqsa, ta’lim islohotlarida yaqqol ko‘zga tashlanmoqda. Bu islohotlarning yutug‘i esa yoshlarning davlat va qonunlarga ishonchini kuchaytirmoqda,- deydi tuman hokimi tabrik so‘zida.

         Shundan so‘ng, tumandagi umumiy o‘rta ta’lim maktablarini imtiyozli tamomlagan iqtidorli o‘quvchilarga oltin va kumush medallari tantanali ravishda topshirildi. Bundan tashqari turli jabhalarda hamda sportda yuqori natijalarni qo‘lga kiritgan yoshlarga ham diplom va qimmatbaho sovg‘alar taqdim etildi. 

         30 iyun –“Yoshlar kuni” bayrami munosabati bilan o‘tkazilgan gala-konserti barcha yoshlarga haqiqiy bayram kayfiyatini ulashdi. Boisi, taniqli estrada xonandalari ijrosida yangragan dilrabo kuy-qo‘shiqlar barchada katta taassurotlar qoldirdi.