Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 13 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


BILIMLAR SARI CHORLAR BIRINCHI QO‘NGʻIROQ

×

 2022-09-05 11:41:19    159

PDF yuklash
Chop etish


 Bugun yurtimizdagi barcha maktablarda birinchi qo‘ng‘iroq jarangladi.  Bu  qo‘ng‘iroq bu yil birinchi marta maktab ostonasiga qadam bosgan bolakaylar uchun chin ma’nodagi ilk qo‘ng‘iroq bo‘ldi.
       Toshloq tumanida ham “Bilimlar kuni” o‘quvchi yoshlar, ota-onalar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirokida ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi. Ayniqsa, 1-sinfga qabul qilingan 3891 nafar bolalarga tantanali ravishda “Prezident sovg‘alari”ni topshirilishi bolajonlarga olam-olam quvonch ulashdi. 2022-2023 o‘quv yilida 7-, 20-, 43-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘quvchilar yangi qurilgan o‘quv binolarida barcha sharoitlarga ega sinfxonalarda ta’lim-tarbiya oladilar.

Bayramona ruhda o‘tayotgan “Bilimlar kuni” tadbirlarida tuman hokimi A.Djurabayev ishtirok etdi. Tumandagi 43-umumta’lim maktabidagi birinchi qo‘ng‘iroq tadbirida o‘quvchilarni yangi o‘quv yili bilan tabrikladi. So‘ng tuman hokimi maktabning 1-sinf o‘quvchilariga «Mustaqillik darsi»ni o‘tdi. 
      “Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz” shiori ostida o‘tkazilgan Mustaqillik darsida mamlakatimizda mustaqillik yillarida ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy, tashqi siyosat va xavfsizlikni ta’minlash borasida erishilgan yutuqlar, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash borasida  davlatamizda amalga oshirilayotgan islohotlar to‘g‘risida ma’lumotlar berib o‘tildi.