Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 9 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


ZAKOVATLILAR SARALANMOQDA

×

 2022-09-14 10:43:23    160

PDF yuklash
Chop etish


Ma’lumki, joriy yilning 12 sentyabrida umumta’lim maktab o‘quvchilari o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yinining tuman, shahar bosqichlariga start berildi.
       Toshloq tumanida Yoshlar ishlari agentligi hamda "Zakovat intellektual klubi" NNT bilan hamkorlikda “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazilmoqda. "Zakovat" intellektual o‘yinining tuman bosqichida tumandagi maktab o‘quvchilari ishtirok etmoqda.
       O‘yin qoidalariga ko‘ra, birinchi turda barcha jamoalar ishtirok etdilar. Jamoalar ballari to‘g‘ri berilgan javoblarga ko‘ra hisoblab chiqildi. Turnirni ochiq va shaffof o‘tkazish, jamoalarni kuzatib turish maqsadida, betaraf nazoratchilar tanlab olindi.
    Ayni damda tumandagi 2-umumta’lim maktabida “Zakovat” intellektual o‘yinlari ko‘tarinki ruhda davom etmoqda.
         Eslatib o‘tamiz, “Zakovat” intellektual o‘yinining respublika bosqichida (1-3-o‘rinlar) g‘olib bo‘lgan jamoa a’zolariga amaldagi tartib bo‘yicha bir yil davomida “Zakovat stipendiyasi” to‘lab boriladi. Shuningdek, g‘olib va sovrindor (1-3-o‘rinlar) bo‘lgan jamoa a’zolari oliy ta’lim muassasalarining tegishli ta’lim yo‘nalishlariga bazaviy to‘lov kontrakt asosida imtihon sinovlarisiz qabul qilinadi.