Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 11 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


ILGʻOR TERIMCHILAR MUNOSIB TAQDIRLANDI

×

 2022-09-17 18:54:34    156

PDF yuklash
Chop etish


Tumanimizda dehqonlarmizning yil bo‘yi mashaqqatli mehnati mahsuli-paxta hosilini nes-nobud qilmasdan, o‘z vaqtida, sifatli yig‘ib-terib olish ishlari davom etmoqda.
        Tumanda terim otryadlari tashkil etilib, terimchilarga zarur sharoit va qulayliklar yaratilmoqda. Xonariq MFYdagi “Durdona baraka” fermer xo‘jaligida ayni kunlarda yig‘im-terim qizg‘in pallaga kirgan. Paxta hosilini yig‘ib-terib olishda fermer xo‘jaligi a’zolari bilan birgalikda uyushmagan aholi ham faol ishtirok etmoqda. 
      Bugun tuman hokimi A. Djurabayev hamda tuman prokurori A.Hudoyberganovlar ushbu fermer xo‘jaligida bo‘lib, bir guruh ilg‘or terimchilarga qimmatbaho sovg‘alarni topshirdilar. Terimchilarning maroqli xordiq chiqarishlari uchun konsert dasturi ham tashkil etildi