Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 8 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


15 NAFAR AYOLLARGA SUBSIDIYA ASOSIDA TIKUV MASHINASI BERILDI

×

 2022-12-02 17:28:33    133

PDF yuklash
Chop etish


    Toshloq tumani hokimligida Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish Agentligining mablag‘lari hisobidan tumandagi 15 nafar kam ta’minlangan, ishsiz ayollarga o‘z tadbirkorligini boshlashi hamda ularning bandligini ta’minlash maqsadida subsidiya asosida tikuv mashinalari topshirildi.   
     Ayollarga subsidiya asosida eng so‘nggi rusumdagi tikuv mashinalarini tuman hokimi Abduqaxxor Djurabayev hamda sektorlar rahbarlari topshirdilar. 
– So‘nggi paytda yurtimizda xotin-qizlarga qaratilayotgan e’tibordan juda ham mamnunman, – deydi “Soybo‘yi” MFYda istiqomat qiluvchi Nilufar Amirdinova. – Yaqinda “Ayollar daftari” ro‘yxatiga kiritilgan edim. Bugun menga zamonaviy tikuv mashinasi taqdim etildi va buni shaxsan tuman hokimi o‘zi topshirgani meni judayam quvontirdi. 
    Xotin-qizlar bandligini ta’minlash, ularni yakka tartibda tadbirkorlik faoliyatiga yo‘naltirish va bu kabi amaliy ishlar joylarda davom etmoqda.