Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 11 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


“JAHOLATGA QARSHI MA’RIFAT” MAVZUSIDA DAVRA SUHBATI O‘TKAZILDI

×

 2022-12-18 17:53:16    133

PDF yuklash
Chop etish


Barchamizga yaxshi ma’lumki, hozirgi kunda globallashuvning shiddatli tus olishi dunyo miqyosida g‘oyaviy-mafkuraviy tahdidlarning tobora avjiga chiqishiga zamin yaratmoqda. Mana shunday bir sharoitda tinchlik, barqarorlikni saqlashda ma’naviyat va ma’rifatga e’tibor qaratish muhim ahamiyat kasb etadi.
   Shu maqsadda tumandagi 2-umumiy o‘rta ta’lim maktabida uyushmagan yoshlar hamda mahallalardagi yoshlar yetakchilari ishtirokida “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Davra suhbatida tuman hokimining o‘rinbosari E.Madaminov, Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning tumani bo‘yicha bosh mutaxassisi T.Abdullayev, tuman bosh imom xatibi Sh.Egamberdiyev, tuman Yoshlar ishlari agentligi bo‘limi rahbari D.Yo‘ldashev hamda Ma’naviyat va ma’rifat tuman markazi yetakchi mutaxassisi M.Mahmudovlar ishtirok etdi.
       Tadbirda so‘z olganlar jamiyatda sog‘lom va barqaror ijtimoiy-ma’naviy muhit barpo etish, bugungi axborot hurujlari va ularga qarshi imunitet shakllantirish hamda globallashuv davriga xos muammo va ko‘zga ko‘rinmas mafkuraviy tahdidlar, ularning ayanchli oqibatlari xususida so‘z yuritdilar.
      Unda yoshlarga ma’naviy dunyosi yuksak, teran bilimli odam hayot yo‘llarida o‘zini yo‘qotmasligi, oqni qoradan, yaxshini yomondan ajrata olishi, o‘zgalarning ta’siriga berilmasligi tushuntirildi. Ma’naviy qashshoq insonning jaholat komiga tushishi osonligi, biz bugungi kun yoshlari teran fikrlamog‘i kerakligi haqida aytilib, Fikrga qarshi – fikr, g‘oyaga qarshi – g‘oya, jaholatga qarshi – ma’rifat orqali kurash g‘oyasi shiori ostida barchamiz bahamjihat bo‘lib, milliy g‘oya va mafkurani ongimizga yanada chuqurroq singdirishimiz zarurligi aytib o‘tildi.
Davra suhbati davomida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.