Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 8 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


TARGʻIBOT TADBIRLARI AHOLI XAVFSIZLIGINI TA’MINLASHGA XIZMAT QILADI

×

 2023-01-21 14:36:28    146

PDF yuklash
Chop etish


   Ayni kunlarda Toshloq tumani FVB xodimlari tomonidan aholi o‘rtasida yong‘in, is gazidan zaharlanish, gaz va havo aralashmasining chaqnashi hamda boshqa favqulodda holatlarning oldini olish yuzasidan tegishli profilaktik tadbirlar amalga oshirilmoqda.
   Bugun Zarkent hamda Chek MFYlarda o‘tkazilgan profilaktik tadbirlarda aholi xonadonlarining yong‘inga qarshi holati ko‘zdan kechirildi. Mavjud muammolar bartaraf etish bo‘yicha yo‘l-yo‘riqlar berilib, yong‘inlarning, is gazidan zaharlanishning oldini olish borasida targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borildi.
   Shuningdek, xonadonlarda aholiga yong‘in xavfsizligi qoidalariga amal qilish bilan birga botulizm, ovqatdan zaharlanish, quturish kasalliklaridan saqlanish yuzasidan tavsiyalar berildi.