Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 8 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


9-MAY "XOTIRA VA QADRLASH KUNI" MUNOSABATI BILAN URUSH QATNASHCHILARI HOLIDAN XABAR OLINDI

×

 2023-05-05 16:05:59    275

PDF yuklash
Chop etish


El-yurtimizning urush yillarida ko‘rsatgan mardlik va qahramonligi biz uchun ulkan jasorat maktabi, g‘urur-iftixor manbai bo‘lib, vaqt o‘tgani sayin bu o‘lmas qadriyatlarning ahamiyati tobora ortmoqda.
Ma’lumki, 9 may yurtimizda "Xotira va qadrlash kuni" sifatida keng nishonlanadi.
Ikkinchi jahon urushida halok bo‘lgan ajdodlarimizning xotirasiga hurmat keltirilib, fashizmga qarshi janglarda jonbozlik ko‘rsatgan mard, jasur faxriylarimizga e’tibor, ehtirom ko‘rsatish an’anaga aylanib qolgan. 
Bugun Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Toshloq tuman bo‘linmasi hamda tuman Mudofaa bo‘limi hamkorlikda tumanimizdagi Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari Odiljon ota Zokirov hamda Fayzullo ota Eminovlar xonadonlarida bo‘lishib, ular bilan dildan suhbatlashdilar. 
Piru badavlat otaxonlar xonadoniga harbiy orkestr sadolari ostida Afg‘on urushi qatnashchilari hamda yoshlar tashrif buyurib, ularga gul va esdalik sovg‘alar topshirdilar.
Urush faxriylari bilan dildan suhbatlashganda, ular ko‘rsatilayotgan hurmat-e’tibor uchun davlatimiz, Yurtboshimiz haqqiga duo qilib, yoshlarimiz dorilamon kunlarning qadriga yetishlari lozimligini takror-takror aytdilar.