Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
"OGOHLIK – DAVR TALABI" MAVZUSIDAGI MA’NAVIY-MA’RIFIY TADBIR
2022-11-09 19:32:57 251
Toshloq tumanidagi 2-sonli umumta’lim maktabida "O‘quvchi yoshlarni turli yot g‘oyalar ta’siridan saqlash, ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish" mavzusida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning Farg‘ona viloyati hududiy boshqarmasi Toshloq tumani bo‘yicha bosh mutaxassisi T.Abdullayev, tuman XTB mudiri A.Soliyev, tuman IIB terrorizmga qarshi kurashish bo‘limi boshlig‘i B.Eminov, “Said Xotam Eshon” masjidi imom-xatibi M.Eminov hamda deputat T.Soliyevlar qatnashdilar. Yig‘ilishda umumta’lim maktablari direktorlari, ma’naviy-ma’rifiy ishlari bo‘yicha o‘rinbosarlari va tarix fani o‘qituvchilari uchun “Yoshlar o‘rtasida diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish, ularni turli yot g‘oyalar ta’siridan saqlash, yoshlarni noqonuniy ravishda “xujra”larda ta’lim olishlari va diniy ta’lim olish maqsadida Misr ARga chiqib ketishlariga qarshi kurashish, missonerlik va prozelitizmni oldini olish” mavzularida tushunchalar berildi. Shundan so‘ng, ishtirokchilar tomonidan yoshlar o‘rtasida kelib chiqishi mumkin bo‘lgan huquqbuzarlik va boshqa salbiy holatlar, shuningdek, yoshlarning yot va diniy ekstremistik g‘oyalar, “ommaviy madaniyat” ko‘rinishlari ta’siriga tushib qolishining oldini olish, internet ma’lumotlaridan to‘g‘ri va oqilona foydalanish, ularda yot g‘oyalarga nisbatan ma’naviy immunitetni mustahkamlash hususida fikr almashildi. Mazkur yo‘nalishdagi ishlar samaradorligini oshirish yuzasidan takliflar ilgari surildi.