Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
XALQ QABULXONASI: AHOLI MUROJAATLARI O‘RGANILIB, HAL ETILMOQDA
2022-11-16 17:03:16 263
Bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Toshloq tumani Xalq qabulxonasida tuman hokimi Abduqaxxor Djurabayevning navbatdagi qabuli o‘tkazildi. Har bir murojaat ortida inson taqdiri bor. Shunday ekan hech bir murojaat, muammo va taklif tuman rahbarining e’tiboridan chetda qolayotgani yo‘q. Qabul davomida 30 nafar fuqarolarning murojaatlari eshitildi. Har bir murojaat mutasaddi tashkilot va korxona rahbarlari ishtirokida ko‘rib chiqildi. Moddiy yordam ajratish, ishga joylashish, imtiyozli kredit olish, gaz, suv, elektr ta’minotini yaxshilash kabi 10 ta murojaat joyning o‘zida ijobiy hal etilib, 4 nafar fuqaroga bir martalik oziq-ovqat mahsulotlari ajratildi. Qo‘shimcha o‘rganish, muddat talab etilgan 10 tasi nazoratga olindi. 5 ta murojaatga atroflicha tushuntirishlar berildi.