Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
HOKIM QABULI: FUQAROLAR MUROJAATI IJOBIY HAL ETILDI
2024-03-12 16:25:19 149
Toshloq tumani hokimi Abduqahhor Djurabayev Xalq qabulxonasi binosida fuqarolar bilan navbatdagi qabulini o‘tkazdi. Tumandagi korxona, tashkilot, muassasalar mutasaddilari ishtirok etgan qabulda aholining murojaatlari atroflicha o‘rganib chiqildi.
Qabulda 16 nafar fuqarolarning murojaatlari eshitildi. Har bir murojaat mutasaddi tashkilot va korxona rahbarlari ishtirokida ko‘rib chiqildi. Moddiy yordam ajratish, ishga joylashish, imtiyozli kredit olish, gaz, suv, elektr ta’minotini yaxshilash kabi 2 ta murojaat joyning o‘zida ijobiy hal etilib, qo‘shimcha o‘rganish, muddat talab etilgan 3 tasi nazoratga olindi. 11 ta murojaatga atroflicha tushuntirishlar berildi.