Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
KEKSALAR CHUQURLASHTIRILGAN TIBBIY KO‘RIKDAN O‘TKAZILDI
2024-03-13 13:24:18 127
Muborak Ramazonning ilk kunlarida Toshloq tumaniga Farg‘ona viloyati sog‘lom avlod jamg‘armasi tibbiyot xodimlari hamda tibbiy ijtimoiy yordam brigadasi xodimlaridan iborat vrach mutaxassislar tashrif buyurdilar.
Ular dastlab yig‘ilganlarga tibbiy ko‘rikni maqsad vazifalarini tushuntirish bilan birga, yoshlarimizning kitob o‘qishga qiziqtirish va kitob mutolaasida yoshi ulug‘ otaxon va onaxonlarni o‘rni va roli katta ekanligi hamda sog‘lom turmush tarziga rioya etish, salomatlik va uzoq umr ko‘rish garovi ekanligini alohida ta’kidlab o‘tdilar.
Tibbiy ko‘rikda Toshloq shaharchasida istiqomat qilayotgan yoshi ulug‘ otaxon va onaxonlarning salomatligi malakali tibbiyot xodimlari tomonidan tekshiruvdan o‘tkazildi. Zarur muolajalar olib borildi.
Shu kunning o‘zida 70 nafar keksalar chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tdi. 27 nafariga ambulator tavsiyalar berildi. 30 nafariga bepul dori-darmon berilgan bo‘lsa, 2 nafariga stasionar sharoitda davolanish uchun yo‘llanma berildi.