Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 24 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


FAOLLIK KELAJAKKA YO’LDIR

 2019-12-04 20:01:36    281

PDF yuklash
Chop etish


Shu yilning 22 dekabrida O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlari deputatligiga saylov bo’lib o’tadi. Bo’lajak saylovning avvalgilardan tubdan farq qilishi kutilmoqda. Chunki bu yilgi saylovlar Prezidentimizning 2017 yil 22 dekabrdagi Oliy Majlisga taqdim etgan Murojaatnomasida belgilab berilgan vazifalar ijrosi doirasida qabul qilingan Saylov kodeksi asosida o’tkaziladi.

Joriy yilning 25 iyun kuni tasdiqlangan mazkur kodeksda saylovlarga doir ko’plab yangilik va amaliyotlar kiritilganligini ko’rish mumkin. Bir so’z bilan aytganda kodeks bilan saylovga oid beshta qonun hujjati va Markaziy saylov komissiyasining saylovlarni tashkil etish va o’tkazishga oid o’nlab qaror va yo’riqnomalari yagona qonun hujjatiga birlashtirildi.

Endilikda mavjud siyosiy partiyalar vakolatli vakillarining huquqlari kengaytirildi. Unga ko’ra vakolatli vakil saylov komissiyasining majlislarida hujjatlarni topshirishda, imzo varaqalari to’g’ri to’ldirilganligini tekshirishda, saylov uchastkasida ovozlarni sanab chiqishda ishtirok etish huquqiga ega bo’ladi. Saylov kodeksining 6-bobida  kuzatuvchilarning siyosiy partiyalar vakolatli vakillarining, ommaviy axborot vositalari vakillarining huquq va majburiyatlari ham aniq belgilab berildi. Endilikda Qonunchilik palatasiga va mahalliy kengashlarga saylov bir vaqtda o’tkaziladigan taqdirda yagona saylov uchastkalarini tuzish nazarda tutildi.

Bundan tashqari ijtimoiy xavfi katta bo’lmagan va uncha og’ir bo’lmagan jinoyatlarni sodir etgan shaxslarning saylovda ishtirok etishini cheklovchi normalardan voz kechildi. Kodeksda ijtimoiy xavfi uncha katta bo’lmagan va uncha og’ir bo’lmagan jinoyatlar sodir etganligi uchun sud hukmi bilan ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan fuqarolar ham ovoz berish huquqiga ega bo’lganliklari ko’rsatib berilgan. Bugungi kunda ularning Konstitutsiyaviy huquqlarini ta’minlash maqsadida ozodlikdan mahrum etish joylarida ham saylov uchastkalarini tashkil etish rejalashtirilgan.

Joriy yilning dekabr oyida o’tkaziladigan saylovda fuqarolarning saylov huquqlarini to’liq va erkin namoyish etishlari bilan bog’liq imkoniyat har birimiz uchun sharaf hamda mas’uliyat ham ekanligini unutmasligimiz kerak. 

B. Eminov,

tuman IIB TEQKB boshlig’i, podpolkovnik.

 

I. Haydarov,

tuman IIB JQB katta tezkor vakili, mayor.