Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 30 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


OLTIN YOZ - O‘TMOQDA SOZ tuman XTBga qarashli umumiy o‘rta ta’lim maktablarida tashkil etilgan kunduzgi oromgohlar faoliyatidan

×

 2022-06-14 12:49:43    164

PDF yuklash
Chop etish


39-umumiy o‘rta ta’lim maktabida tashkillangan “Qaldirg‘och” sog‘lomlashtirish maydonchasi o‘z bag‘riga olgan 100 nafar  o‘g‘il-qizlar har kuni tashkil etilayotgan turli-tuman qiziqarli tadbirlarda o‘z qobiliyatlarini namoyon etishib quvnoq vaqt o‘tkazmoqdalar.

-Oromgohimizda Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan beshta muhim tashabbus g‘oyalarini singdirishga harakat qilganmiz,–deydi sog‘lomlashtirish maydonchasi boshlig‘i Muxlisa Yusupova,  – O‘quvchilar yozgi ta’tilda asosan dam olishi zarur. Shuning uchun oromgoh dasturida sport, mehnat va musiqa to‘garaklari faoliyatiga alohida e’tibor berilgan. 4 ta guruhimizda 4 xil mashg‘ulotlar o‘tkaziladi. Masalan birinchi guruhda raqs to‘garagi bo‘lsa, 2-guruhda badiiy gimnastika, 3-guruhda sport o‘yinlari.

         “Boychechak” deb nomlangan yana  bir sog‘lomlashtirish maydonchasi tashkillangan 42- umumiy o‘rta ta’lim maktabida ham bo‘ldik. Bu yerda ham 4 ta guruhda 100 nafar o‘quvchi miriqib hordiq chiqarmoqda. O‘quvchilar tushlik qilish uchun hozirlik ko‘rayotgan ekan.  Oshxona juda ham shinam. Toza, ozoda, pokiza. Tushlik dasturxonida turli xil mevalar, shirinliklar ham bor.

- O‘quvchilar dam olish bilan birga  til o‘rganmoqda, tajribali mutaxassislar tomonidan kasb-hunarga yo‘naltirilmoqda, - deydi xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan 2- sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi “Shodlik” sog‘lomlashtirish maydonchasi uchun ma’sul bo‘lgan  maktab direktorining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Xalimaxon Soliyeva.

         Kuni-kecha stasionar hisoblangan  “Oq oltin” oromgohining 1-navbatida dam oluvchilar uchun ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu yilgi yoz mavsumida mazkur oromgohda 3 navbatda 420 nafar bolalarni sog‘lomlashtirish reja qilingan.

A. NISHONOV.