Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 12 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


HURMATLI TOSHLOQLIKLAR!

×

 2022-09-01 10:21:28    147

PDF yuklash
Chop etish


Mustaqillik bayrami mana 31 yildirki xalqimizning eng ardoqli, shukuhli bayrami sifatida nishonlab kelinmoqda. Har birimiz uchun qadrli bo‘lgan, hayotimizda keskin burilishlarga sabab bo‘lgan Istiqlolga erishibmizki uning tantanalari kunida o‘tgan davrda qilingan ishlar, amalga oshirilgan rejalar ro‘yobi, hayotimizda yuz berayotgan o‘zgarishlar va yuksalishlar yana bir bor sarhisob etiladi. Aholini rozi qilish, ertangi kunga umidi va ishonchini oshirishda yurtdoshlarimizga yaratib berilayotgan imtiyoz va imkoniyatlar, shart-sharoitlar  katta rol  o‘ynaydi, albatta.
        Bu borada tumanimizda ham qator xayrli ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Aholini uy-joy bilan ta’minlash maqsadida Axshak mahallasi hududida yangi massiv barpo etilib joriy yilning o‘zida 12 ta qo‘p qavatli 270 xonadondan iborat  uy-joylar foydalanishga topshirildi. “Obod qishloq”, “Obod mahalla” dasturlari doirasida nafaqat Xonaqa, Naymanbo‘ston fuqarolar yig‘inlari hududida,  balki tumanimizning barcha hududlarida davlat  byudjeti va xomiylar mablag‘lari hisobiga keng miqyosda qurilish-obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda. Ehtiyojmand aholi qatlamini qo‘shimcha daromadlar bilan ta’minlash, xotin-qizlar, ayniqsa yoshlarni band etish maqsadida  yil boshida 2200 nafar fuqaroga 330 gektar yer dehqonchilik qilish maqsadida ajratib berilgan bo‘lsa  yaqinda  bug‘doydan bo‘shagan maydonlardan 1850 nafar fuqaroga 20 sotixdan takroriy ekin ekish uchun yer ajratib berildi.
      Ko‘rinib turibdiki yuqoridagi singari  ezgu ishlarning har biri ortida insonlar  manfaati yotibdi. Darhaqiqat har bir yurtdoshimiz ana shunday e’tibor va g‘amxo‘rlikka hamisha sazovor ekan  uning ertangi kuniga ishonchi ortadi. Yurtimizdagi  ijobiy o‘zgarishlarga  o‘z hissasini qo‘shish tuyg‘usi shakllanadi.
      Tumanimiz ahlini Mustaqilligimizning 31 yillik bayrami bilan chin yurakdan muborakbod etaman. Xonadonlarimizdan fayz-baraka, tinchlik-osoyishtalik aslo arimasin. 

Hurmat bilan,Abduqahhor  DJURABAYeV, Toshloq tumani hokimi.