Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 4 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIGA QAMRALMAGAN 6 YOSHLI BOLALARNI MAKTAB TA’LIMIGA TAYYORLOV GURUHLARI FAOLIYATINI BOSHLADI.

×

 2022-09-20 15:12:03    161

PDF yuklash
Chop etish


Toshloq tumanida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining  2020 yil  9 martdagi “Bolalarni boshlang‘ich ta’limga majburiy bir yillik tayyorlash tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 132-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida tumandagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida 2022-2023 o‘quv yilida maktabgacha ta’limga qamralmagan 6 yoshli 900 nafar bolalarni maktab ta’limiga bepul tayyorlov guruhlari joriy yil sentyabr oyidan  faoliyatini boshladi.
      “Bolalarni boshlang‘ich ta’limga majburiy bir yillik tayyorlov” guruh tarbiyalanuvchilari ilk va maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar rivojlanishiga qo‘yilgan davlat talablariga muvofiq “Ilm yo‘li” o‘quv dasturi asosida maktab ta’limiga bepul tayyorlanadi hamda Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan bepul o‘quv jihozlar va  qo‘llanmalar bilan to‘liq ta’minlanadi. 
            Hurmatli ota-onalar!
       Sizlardan maktabgacha ta’limga qamrab olinmagan 6-7 yoshli farzandingizni tumandagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tashkil etilgan “Bolalarni boshlang‘ich ta’limga majburiy bir yillik tayyorlov” guruhlariga berishingizni so‘raymiz. Tayyorlov guruhlari davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida hamda tashkilot hududidagi maktablarda tashkil etilgan.
Tuman maktabgacha ta’lim bo‘limi