Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 6 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


TOSHLOQDA MAHALLALAR INFRATUZILMASI YAXSHILANADI

×

 2022-11-07 07:54:21    143

PDF yuklash
Chop etish


   O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 25 oktyabrdagi “2022-2023 yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga asosan 2022-2023 yillarda mahallalar infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida 2023 yilda amalga oshiriladigan ob’yektlarning manzilli ro‘yxati tasdiqlangan bo‘lib, tumandagi mahallalar infratuzilmasini yaxshilash borasida tizimli ishlar amalga oshirilishi belgilangan.
    Mazkur qaror bo‘yicha tumandagi mahallalarda 1 tadan muammo o‘rganilib, xal etish 15 dekabrga qadar belgilangan. Xozirgi kunda tayyorlanayotgan loyiha smeta hujjatlarida mahallalarni obod qilish, qishloq va mahallalarda infratuzilma bilan bog‘liq eng dolzarb masalalarni tizimli hal etish, xususan, joylarda ichki yo‘llar, ichimlik suv, elektr energiyasi va gaz ta’minotini, ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat, sport va boshqa infratuzilma ob’yektlarini yaxshilash borasida bir qator ishlar bajariladi. 
       Qishloqlarda aholi muammolarini o‘rganish hamda qarorda belgilangan vazifalarni fuqarolarga batafsil yetkazish maqsadida sektor rahbarlari tomonidan uchrashuvlar tashkil etilmoqda. 
      Toshloq tumani hokimi, 1-sektor rahbari Abduqaxxor Djurabayev hududlarda amalga oshiriladigan bunyodkorlik ishlarni rejalashtirish hamda  qishloq va mahallalarda infratuzilma bilan bog‘liq eng dolzarb masalalarni tizimli hal etish maqsadida Istiqlol, Quyi Yakkatut hamda Soybo‘yi MFYlar fuqarolari bilan uchrashdi. Unda Prezident qarori ijrosini ta’minlash maqsadida belgilangan chora-tadbirlarning o‘z vaqtida