Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 4 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


YOSHLARNI OILAGA TAYYORLASH

×

 2023-05-05 18:03:27    228

PDF yuklash
Chop etish


Kuni-kecha tuman markaziy kutubxonasida yosh nikohlanuvchilar uchun “Oilaviy ajrimlarning oldini olish”, “Gender tenglik”, “Qonuniy nikoh tartibi, tibbiy-ko‘rikdan o‘tishning afzalliklari” kabi mavzularda  suhbat o‘tkazildi.
Unda tuman hokimi o‘rinbosari, oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i  U.Marasulova, Farg‘ona  viloyat bosh imom xatibining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha  yordamchisi  N.Komilova, tuman bosh imom-hatibi Sh.Egamberdiyev, tuman adliya bo‘limi boshlig‘i  Ya.Zulpixorov hamda tuman FXDYO bo‘limi mudirasi N.Rizayevalar qatnashdi.  
Yig‘ilishda ma’ruzachilar O‘zbekiston  Respublikasi Oila kodeksiga muvofiq nikohni qayd etish tartibi haqida tushuntirish berib, Vazirlar Mahkamasining  2003 yil 25 avgustdagi 365-sonli qarori bilan  tasdiqlangan “Nikohlanuvchi shaxslarni tibbiy-ko‘rikdan o‘tkazish to‘g‘risida”gi Nizomning mazmun-mohiyatini, hususan yoshlarni tibbiy-ko‘rikdan o‘tishi kelajakda sog‘lom oila barpo etishda, sog‘lom avlod tarbiyalashda  muhim ahamiyat kasb etishi haqida to‘xtalib o‘tdilar.