Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 9 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


Dolzarb yumushlarga bag’ishlab

 2017-12-04 11:39:30    152

PDF yuklash
Chop etish


Naymandagi “Saodatli Farog’atxon bog’i” bog’dorchilik fermer xo’jaligi dalasida tumanimizdagi bog’dorchilik-uzumchilik fermer xo’jaliklari boshliqlari, qishloq xo’jaligi mutaxassislari ishtirokida bo’lib o’tgan ko’rgazmali seminar respublikamiz Prezidentining joriy yil 21 avgustdagi “2018 yil hosili uchun avgust piyozi va sarimsoqpiyoz hamda to’qsonbosti usulida sabzavot ekinlarini joylashtirish, ekish uchun talab etiladigan moddiy-texnika resurslarini o’z muddatida etkazib berish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Qarori tumanimizda qanday bajarilayotganligi mavzusida bo’ldi.

Tadbir ishtirokchilari fermer xo’jaligida to’qsonbosti usulida sabzavot ekinlarini joylashtirish bo’yicha olib borilayotgan ishlar va mutaxassislar tavsiyalari bilan yaqindan tanishdilar.

Seminarda so’zga chiqqan viloyat hokimining o’rinbosari U. Nosirov, tuman hokimi H. Umarovlar ekilgan piyoz va sarimsoqpiyozning parvarishi hamda to’qsonbosti usulida ko’kpiyoz, turli ko’kat va boshqalarni ekish bo’yicha shu kunlardagi dolzarb vazifalarga e’tiborni qaratdilar.