Shrift o'lchami Rang Rasm

www.toshloq.uz


<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 9 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


TOSHLOQ FARZANDI TOSHKENT AMALIY FANLAR UNIVERSITETIGA GRANT ASOSIDA O‘QISHGA QABUL QILINDI.

×

 2022-06-07 17:28:23    161

PDF yuklash
Chop etish


    Toshloq tumanidagi 1-IDUMIda tahsil olgan Tohirbek To‘lanov Jizzax viloyatida o‘tkazilgan Respublika fan olimpiadasida faxrli 5-o‘rinni egallab Toshkent amaliy fanlar Universitetiga o‘qishga qabul qilindi hamda 80 mln. so‘m grant mablag‘ini yutib oldi. Shu munosabat bilan kuni-kecha Toshloq tuman hokimi Abduqaxxor Djuraboyev ajratilgan grant mablag‘lari hamda Xalq ta’limi vazirligining maxsus sertifikatlarini Tohirbek To‘lanovning onasiga topshirdi. Tuman hokimi T.To‘lanovning erishgan ulkan yutuqlari bilan tabrikladi. Farzandining ilm-fandagi yutuqlari uchun o‘z minnatdorchiligini bildirib o‘tdi.  

          Tohirbek To‘lanov bundan tashqari nufuzli "Xalqaro matematika olimpiadasi" (IMO) ning saralashning I va II  bosqichlarida g‘olib bo‘lib III bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. Yakuniy natijalarga ko‘ra, T.To‘lanov Xalqaro olimpiada ishtirokchisiga aylandi. U hozirda 2022 yilning 6-16 iyul kunlari Norvegiya davlatida o‘tkaziladigan 63-Xalqaro matematika olimpiadasida ishtirok etish uchun Respublika terma jamoasi safida tayyorgarlik ko‘rmoqda. 

        Respublika olimpiadasidagi munosib ishtiroki bilan Tohirbekni va uning ota-onasini hamda barcha fidoiy ustozlarini tabriklaymiz va  kelgusi faoliyatida muvaffaqiyatlar tilab qolamiz.