Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
OLTIN YOZ - O‘TMOQDA SOZ tuman XTBga qarashli umumiy o‘rta ta’lim maktablarida tashkil etilgan kunduzgi oromgohlar faoliyatidan
2022-06-14 12:49:43 242
39-umumiy o‘rta ta’lim maktabida tashkillangan “Qaldirg‘och” sog‘lomlashtirish maydonchasi o‘z bag‘riga olgan 100 nafar o‘g‘il-qizlar har kuni tashkil etilayotgan turli-tuman qiziqarli tadbirlarda o‘z qobiliyatlarini namoyon etishib quvnoq vaqt o‘tkazmoqdalar.
-Oromgohimizda Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan beshta muhim tashabbus g‘oyalarini singdirishga harakat qilganmiz,–deydi sog‘lomlashtirish maydonchasi boshlig‘i Muxlisa Yusupova, – O‘quvchilar yozgi ta’tilda asosan dam olishi zarur. Shuning uchun oromgoh dasturida sport, mehnat va musiqa to‘garaklari faoliyatiga alohida e’tibor berilgan. 4 ta guruhimizda 4 xil mashg‘ulotlar o‘tkaziladi. Masalan birinchi guruhda raqs to‘garagi bo‘lsa, 2-guruhda badiiy gimnastika, 3-guruhda sport o‘yinlari.
“Boychechak” deb nomlangan yana bir sog‘lomlashtirish maydonchasi tashkillangan 42- umumiy o‘rta ta’lim maktabida ham bo‘ldik. Bu yerda ham 4 ta guruhda 100 nafar o‘quvchi miriqib hordiq chiqarmoqda. O‘quvchilar tushlik qilish uchun hozirlik ko‘rayotgan ekan. Oshxona juda ham shinam. Toza, ozoda, pokiza. Tushlik dasturxonida turli xil mevalar, shirinliklar ham bor.
- O‘quvchilar dam olish bilan birga til o‘rganmoqda, tajribali mutaxassislar tomonidan kasb-hunarga yo‘naltirilmoqda, - deydi xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan 2- sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi “Shodlik” sog‘lomlashtirish maydonchasi uchun ma’sul bo‘lgan maktab direktorining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Xalimaxon Soliyeva.
Kuni-kecha stasionar hisoblangan “Oq oltin” oromgohining 1-navbatida dam oluvchilar uchun ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu yilgi yoz mavsumida mazkur oromgohda 3 navbatda 420 nafar bolalarni sog‘lomlashtirish reja qilingan.
A. NISHONOV.